Huawei 1
"Qaytarib yuborilgan neft mahsulotlari O‘zbekistonga tegishli tovar emas" - Bojxona qo'mitasi

Avvalroq, “Tolibon” 120 ming litrga yaqin neftni sifati past bo‘lgani uchun O‘zbekistonga qaytargani haqida xabar bergan edik

Holat yuzasidan Bojxona qo'mitasi izoh berdi

Qayd etilishicha, qaytarib yuborilgan neft mahsulotlari O‘zbekistonga tegishli tovar emas. Aksincha, 2 ta sisternaga ortilgan 120 tonna benzin Afg‘onistonga Rossiyadan yuborilgan va O'zbekiston hududidan tranzit tarzida harakatlangan, xolos.

Afg‘oniston tomoni ushbu yoqilg‘ini qaytarib yuborgani sababli sisternalar 2024 yil 6 aprel kuni “Ayritom” chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga