Kontraktga o‘qishga kirgan talaba 1 yildan keyin byudjetga o‘tkazilishi yoki byudjetda o‘qiyotgani kontraktga tushib qolishi mumkin.
Quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi talabalar istisno tariqasida keltirilgan:
– nogironligi bo‘lgan shaxslar (I va II guruh yoki bolalikdan nogironligi borlar);
– ijtimoiy yetimlar (ota-onasi yo‘q yoki ota-ona qaramog‘isiz qolganlar);
– «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» ro‘yxatlarida bo‘lganlar;
– kambag‘al oila farzandlari, yordamga muhtoj oila farzandlari;
– oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan talabalar (masalan, yolg‘iz onaning farzandi, ko‘p farzandli oiladan, ishsizlar oilasidan).
Ushbu talabalar agar davlat granti asosida o‘qishga kirgan bo‘lsa, hatto baholari pasayib ketsa yoki akademik qarzdor bo‘lsa ham, granti o‘qishni to‘liq tugatgunga qadar saqlanib qoladi.
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt asosida taʼlim oluvchi nomli davlat stipendiyalari sohiblari, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishini inobatga olib, ularga tegishli o‘quv yili uchun kontrakt qiymati miqdorini stipendiyasiz shaklda to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60817 | Инструменты