Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi xususiy bog‘chada 20 may kuni fojia sodir bo‘ldi.
Xabarga ko‘ra, 2 yoshli qiz bog‘cha yaqinidagi ariqqa cho‘kib halok bo‘lgan.
Bog‘cha xodimi bergan ko‘rsatmaga ko‘ra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli ko‘chaga chiqib, bog‘cha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, voyaga yetmagan bolaning o‘limi sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi, hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari harakatiga baho berish uchun idoraviy xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tergovga qadar surishtiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60213 | Инструменты