AQSh migratsiya idoralari shu yilning 28 may kuni immigratsiya siyosati va chegara nazorati bo'yicha kiritilgan o'zgartishlar haqida ma'lumot berdi.
Unga muvofiq, AQSh immigratsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
- chegarani noqonuniy kesib o'tish va noqonuniy bo'lish uchun javobgarlikka tortish;
- AQSh hududida jinoyat sodir etgan chet el fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortish.
Chegara nazorati nuqtai nazaridan:
- Prezident Donald Trampning buyrug'i bilan AQSh Qurolli Kuchlari ichki xavfsizlik departamentiga janubiy chegarada to'liq nazoratni ta'minlashda yordam bermoqda;
- armiya yurisdiksiyasi ostida maxsus zonalar (Milliy mudofaa hududlari) tashkil etildi. U yerga noqonuniy kirishga bo'lgan har qanday urinish qonun doirasida to'liq javobgarlikka tortiladi.
Amerika Qo'shma Shtatlariga qonuniy ravishda kirgan, ammo qolish muddatini yoki qonunlarni buzgan shaxslar hibsga olinishi, jarimaga tortilishi, vizasidan mahrum etilishi va deportatsiya qilinishi mumkin. Qo'shma Shtatlarga kirish doimiy taqiqlanishi mumkin.
Immigratsiya qoidalarini buzganlar uchun AQSH hududini o'z ixtiyori bilan tark etish dasturi amal qiladi:
- noqonuniy muhojirlar zudlik bilan AQSh hududini tark etishlari shart;
- mamlakatni o'z xohishi bilan tark etishni ixtiyor etganlar "CBP Home App" – moliyaviy rag'batlantirish dasturi foydalanishlari mumkin.
Biroq, AQSh mamlakatga qonuniy tarzda kelganlarni qabul qilishda davom etadi:
- AQSh qonuniy ravishda kelganlarni qo'llab-quvvatlaydi;
- viza qoidalari, qonunlar yoki kirish shartlarini buzish vizani bekor qilish va deportatsiya qilishga olib keladi.
Noqonuniy migratsiyaga ko'maklashuvchilarga nisbatan ham quyidagi choralar ishlab chiqildi:
- noqonuniy migratsiyaga ko'maklashuvchi mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan yangi viza cheklovlari joriy etildi;
- muhojirlar kontrabandasi bilan shug'ullangan bir qancha jinoiy guruhlar terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan;
- o'z fuqarolarini qaytarib olishdan bosh tortgan mamlakatlar o'z fuqarolari uchun AQShga kirishda qattiq cheklovlarga duch kelishi mumkin.
"Amerika Qo'shma Shtatlari barcha xorijiy hukumatlarni o'z fuqarolarining AQShda hibsga olinishi, deportatsiyasi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishining oldini olish uchun ushbu qoidalarni o'z fuqarolari e'tiboriga yetkazishga chaqiradi", – deyilgan manbada.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71003 | Инструменты