Qashqadaryoda rossiyalik mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va tibbiy ko'rik tashkil qilinadi
Joriy yil 30 yanvardan 2 fevralgacha Qashqadaryo viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserida Rossiya Federatsiyasi Pediatriya markazining yetuk mutaxassislari “Bullyoz epidermoliz” bilan kasallangan bemorlarni davolash bo'yicha mahorat darslari va bemorlar ko'rigi tashkil etiladi.
Mazkur tadbirga rossiyalik malakali mutaxassislar Anastasiya Sabitova, Aleksey Turkin, Lidiya Delishevskaya, Olga Orlova hamda Malika Denisova tashrif buyurishi kutilmoqda.
Tadbirga viloyatdagi dermatovenerologlar, neonatologlar, bolalar shifokorlari, anesteziologlar va bullyoz epidermoliz bilan xastalangan bemorlar taklif etiladi.
Qayd etish joizki, mazkur mahorat darslari va tibbiy ko'rik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 sentyabrdagi “Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosi hamda respublika Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61216 | Инструменты