Huawei 1
UzAuto Motors AJga yangi bosh direktor tayinlandi

UzAuto Motors AJ Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, kompaniyaning bosh direktori lavozimiga Yanosh Kovach tayinlandi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar qildi. 

Vengriyada tug‘ilgan Yanosh Kovach Budapesht Texnika Universitetining avtomobilsozlik texnologiyalari bo‘yicha muhandislik mutaxassisligini tamomlagan. Kovach jahon avtomobil sanoatining yetakchi top-menejerlaridan biri sifatida, General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi kompaniyalarda muhim rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillik tajribaga ega.

O‘zining professional faoliyati davomida u sifatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish vavtomobilil zavodlari boshqaruvi bo‘yicha masʼul bo‘lgan.

U 2021 yildan buyon UzAuto Motors AJ Kuzatuv kengashi aʼzosi va audit qo‘mitasi aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61317 | Инструменты