Qashqadaryoda bolalarni hojatxonaga qamab qo'ygan bog'cha rahbariga jinoyat ishi ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida rahbarlar tekshiruv kelgani uchun bolalarni hojatxonaga yashirib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgandi.  Qashqadaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Ma'lum qilinishicha, bolalar hojatxonaga yashirib qo‘yilgani va boshqa kamchiliklarni o‘rganish yuzasidan Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning 29 noyabr’ sanasi bilan 1.18-799-21-sonli xat kelgan.

Xatda keltirilishicha, Qarshi shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 32-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining joriy yil 1 yanvardan 1 noyabrgacha bo‘lgan davrda moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda 80 million 153 ming 669 so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda sud hujjatlarini ijro etmaslik jinoyati alomatlari aniqlangan.

Shu sababli 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi Z.Q. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Qarshi shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Qayd etilishicha, jarayon  yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22802 | Инструменты