Huawei 1
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Qashqadaryo viloyati hokimining investitsiyalar va eksport masalalari bo'yicha yangi tayinlangan maslahatchisi – Britaniyaning "Room Seven Capital Partners" kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Peter Margetts bilan uchrashuv o'tkazdi

Suhbat davomida Qashqadaryo viloyatiga xorijiy investitsiyalarni va kompaniyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida joriy yil 4 noyabr kuni Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Tashrif davomida Britaniya delegatsiyasi O'zbekistonning vazirlik va idoralarida hamda Toshkent, Qarshi va Termiz shaharlarida B2B formatida bir qator uchrashuvlar o'tkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты