«Pusanga ketayotgan poyezd»: Dahshatli filmning ikkinchi qismi premyerasi bo'lib o'tadi
Tirik marhumlar yana hayotga, to'g'irog'i, «Pusanga ketayotgan poyezd» filmiga qaytishadi. Koreyaning dahshatli zombilar haqidagi yangi film premyerasi Janubiy Koreyada 15-iyul kuni bo'lib o'tadi. Darvoqe, filmning ikkinchi qismi «Yarimorol» deb nomlangan.
Filmdagi voqealar 2016-yilda ishlab chiqarilgan «Pusanga ketayotgan poyezd» voqeasidan to'rt yil o'tgandan keyin sodir bo'ladi. Filmning birinchi qismida voqealar rivoji virus atrofida sodir bo'lgan bo'lsa, «Yarimorol»da bosh qahramon, harbiy Jun Sukning butun davlatda virus tarqalishidan oldin qochib, yana qaytib kelishidan iborat bo'ladi.
Qahramon o'ziga atalgan maxsus vazifani bajarish uchun yana davtlatga qaytib keladi. Uning bosh maqsadi, unga topshirilgan vazifani bajarish va tirik qolishdir.
Filmning ikkala qismiga ham Yen Son Xo rejissyorlik qilgan. Filmda bosh rollarni aktyorlardan Li Chjon Xen, Kan Don Von va Li Re ijro etgan.
8,5 mln dollar byudjetli «Pusanga ketayotgan poyezd» filmi butun dunyodan 90 mln dollar mablag' yig'ishga muvaffaq bo'lgan. Film kinotanqidchilar tomonidan ham ijobiy kutib olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50819 | Инструменты