Huawei 2
Prezident hokim o‘rinbosarlarining eksportchilarga ko‘maklashishga e’tiborsizligini tanqid qildi

Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Tarmoqdagi dolzarb masalalar muhokama qilinar ekan, o‘tgan yili tayyor mahsulot eksporti 1,3 milliard dollarni tashkil etgani bilan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi yetarli darajada emasligi qayd etildi.

Ya’ni, eksportdagi tayyor mahsulotning asosiy qismi narxi past bo‘lgan trikotaj hisoblanadi.

Mamlakatda 1 kilogramm ip-kalavaning tannarxi jahondagi narxlardan o‘rtacha 28 foiz arzon. Bu o‘zimizda tayyor mahsulotni ko‘paytirish uchun juda katta imkoniyat. Shunga qaramay, jami ishlab chiqarishda tayyor mahsulotlar ulushi kutilganidek bo‘lmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bizdagi xomashyo bilan kamida 15 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, yana 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish uchun mavjud imkoniyatlarni ishga solish muhimligi ta’kidlandi.

So‘nggi oylarda to‘qimachilik mahsulotlarimiz 3 ta yangi bozorga chiqdi, eksport geografiyasi 83 ta davlatga kengaydi.

Biroq hanuzgacha eksportning qariyb 80 foizi Rossiya, Xitoy va Turkiya bozorlariga to‘g‘ri kelayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, Yevropaga eksportni ko‘paytirish dolzarb ahamiyatga ega.

Yevropa, Amerika va boshqa rivojlangan davlatlar bozoriga yoki brendlarga eksport hajmini oshirish uchun korxonadan xalqaro standart va sertifikat talab etiladi. Lekin, eksportchilarimizning 12 foizigina bunday talablarga javob beradi.

Viloyat hokimlari investisiya bo‘yicha o‘rinbosarlarining bu boradagi faoliyati sustligi, eksportchilarga ko‘maklashishga e’tiborsizligi tanqid qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga