Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 6-sentabr kuni "Toshkent xalqaro yarimmarafoni" ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababdan 12 ta ko'chada avtomobillar harakati vaqtincha to'xtatiladi
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 6-sentabr kuni "Toshkent xalqaro yarimmarafoni" ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
Shu kuni soat 05:00 dan 12:00 gacha quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
• Islom Karimov ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Sharaf Rashidov shoh ko‘chasigacha;
• Sharaf Rashidov shoh ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
• Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
• Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
• Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;
• Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Nukus ko‘chasidan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;
• Hamidulla Oripov ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
• Mustaqillik shoh ko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
• Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar — Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;
• Alisher Navoiy ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
• Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
• O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.
"Ishtirokchilar va tomoshabinlar soni ko‘paygan taqdirda, zaruratga ko‘ra, ushbu hududlarga tutash ayrim yo‘llarda ham harakat vaqtincha cheklanishi mumkin",- deydi tashkilot mutasaddilari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90319 | Инструменты