“Mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-97-son, 23.06.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Soliq kodeksida belgilangan alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar Toshkent viloyatidagi 4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etilishi belgilandi.
Shuningdek, Prezident farmoni bilan tasdiqlangan To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari ro‘yxatiga “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish” yo‘nalishi kiritiladi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Prezident investitsiyalarni o‘zlashtirishda haligacha byurokratiya ko‘pligini tanqid qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62517 | Инструменты