Rasmiy Ostona va Toshkent hamkorlikda Qozog'iston–O'zbekiston chegarasi yaqinida Orol dengizining qurigan tubini ko'kalamzorlashtirish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, bu haqda Qoraqalpog'iston ekologiya vaziri Leyla Seitova ma'lum qilgan.
"Yurtimizga qozog'istonlik hamkasblarimiz kelishdi, tajriba almashishdi. Ular Qoraqalpog'istonda amalga oshirilgan ishlar natijalarini o'z ko'zlari bilan ko'rishdi. Bugungi kunda, saksovul ekish usullarini takomillashtirish bo'yicha Qozog'iston bilan qo'shma loyihalarimiz bor. Orolning yarmi qo'shni davlatda, yarmi O'zbekiston hududida joylashgan. Shunga ko'ra, bizga Qozog'iston bilan birgalikda chegara yaqinida saksovul ekish loyihasini ishlab chiqish va uni keyinchalik amalga oshirish vazifasi yuklatilgan", – degan Leyla Seitova "Kazinform" XAA uchun intervyusida.
Uning aytishicha, Orolni tiklashning iloji bo'lsada, dengizning qurishi oqibatlarini minimallashtirish va ekotizimning qolgan qismlarini saqlab qolish muhim.
Shuningdek, vazir Orolning qurigan tubini yashil maydonga aylantirish ishlari natija bera boshlaganiga alohida to'xtalib o'tgan.
"O'zbekiston hududidagi Orol tubining 2 million gektarida saksovul ekilgan. Bu 2018-yilda boshlangan loyihadir. Bajarilgan ishlar yaxshi natijalar bera boshladi. Dastlab saksovul tuproqdan ko'tariladigan tuz va changning 15-18 foizini ushlab turishi taxmin qilingan edi. Biroq, natija dastlabki hisob-kitoblardan oshib ketdi. Ya'ni, saksovul havoga ko'tariladigan chang va tuzning qariyb 35-40 foizini ushlab turmoqda", deya qayd etida Leyla Seitova.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61420 | Инструменты