Huawei 1
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan ko‘p qavatli binoda 13 iyun kuni kechki paytda falokat yuz berdi. «Marina Pinnacle» deb ataluvchi 73 qavatli 280 metrdan ziyodroq binoning yuqori qavatlarida yong‘in boshlanib, bir necha soat davom etdi. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa 23:00 dan keyin sodir bo‘lgan va 6 soat davomida yong‘in ustidan nazorat o‘rnatildi.

Qutqaruv kuchlari boshchiligida Dubai Civil Defense taxminan olti soat davomida harakat qilib, yong‘inni ertalab bostirgan. Bino ichidagi 3 ming 820 kishi (764 kvartirada yashovchilar) evakuatsiya qilingan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hech kim halok bo‘lmagan; jiddiy jarohatlar qayd etilmagan. Favqulodda xizmatlar aholiga evakuatsiya vaqtida tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatgan.

Dubay Favqulodda vaziyatlar xizmatlarining ixtisoslashtirilgan guruhlari binoni tozalash, sovitish va xavfni to‘liq bartaraf qilish ishlarini davom ettirmoqda. Rasmiylar ayni vaqtda ham binodan chiqayotgan tutunlar uni sovitish bilan bog‘liqligini va xavfsiz ekanini bildirgan.

Shuningdek, yong‘in paytida Dubai Marina tramvay xizmati to‘xtatildi, keyinchalik yo‘lovchilar xavfsizligi uchun tiklandi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Marina Pinnacleʼda ilgari ham yong‘in holatlari bo‘lgan. Xususan, 2015 yil 25 mayda binoning 47-qavatida oshxona yong‘ini chiqib, 48-qavatgacha tarqalgan, ammo tezda o‘chirilgan edi.

Mahalliy OAVlarga ko‘ra, rasmiylar hozirda binoni qurgan kompaniya bilan birga harakat qilib, aholi uchun vaqtinchalik yashash joylarini ajratmoqda.

Yong‘in sababi haqida hozircha rasmiy maʼlumotlar yo‘q, lekin baholash va tekshiruv ishlar boshlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61508 | Инструменты