Huawei 1
O'quvchi qizlarga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etgan psixologga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 158-sonli maktabda o'quvchi qizlarga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etilganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma'lum qildi.

Joriy yilning 7 aprel kuni Mirobod tumanidagi 158-sonli maktabda 1963 yilda tug'ilgan, shu maktabda psixolog lavozimida ishlovchi Azad Gasanov voyaga yetmagan qizlarga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (“O'n olti yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. 

Gumonlanuvchi A.Gasanov shahar klinik psixiotriya shifoxonasiga joylashtirilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20812 | Инструменты