Azizxon Umarxonov Olmazor tumani hokimi bo'ldi
Bu bo'yicha bugun Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqilgan.
Yigʻilishda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Umarxonov Azizxon Sharipxonovich nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etgan.
A.Umarxonov 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan.
2020-yildan shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Deputatlar reglamentga muvofiq Olmazor tuman hokimi lavozimiga A.Sh.Umarxonovning nomzodini bir ovozdan maʼqullagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajanov vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51020 | Инструменты