Huawei 1
O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 millionga yetdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.

Respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

Mamlakat aholisi 2024-yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko‘paygan. O‘zbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.

2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga