Bugundan boshlab mamlakat hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Shu sababli 3-noyabrdan 5-noyabrgacha O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin o‘zgaradi.
Bu kunlarda ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik qorga aylanadi. Ayniqsa, 4-noyabr kuni ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yoki qor yog‘ishi ehtimoli yuqori.
4–5 noyabr kunlari harorat kechasi 0–3 daraja sovuqgacha, shimoliy hududlarda esa -5 darajagacha pasayadi. Kunduzi havo 5–10 daraja iliq bo‘lib, asta-sekin sovib boradi.
6-noyabrdan boshlab esa respublika hududida barqaror, yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi. Ba’zi joylarda ertalab va kechasi tuman tushishi mumkin. Haftaning oxiriga borib havo kechasi 3–5 daraja iliq, kunduzi esa 13–16 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent shahri bo‘yicha prognoz
Poytaxtda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, bugun kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamolning tezligi 5–10 m/s atrofida bo‘ladi. Havo harorati 14–16 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
4-noyabrdan 5-noyabr tongigacha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Bu davrda harorat kechasi 0–2 daraja sovuqgacha, kunduzi esa 5–7 daraja iliqgacha pasayadi.
Hafta oxirida poytaxtda kechasi salqin havo saqlanib qoladi, kunduzi esa harorat 10–13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110400 | Инструменты