O‘zbekistonda Germaniya tajribasi asosida dual ta’lim tizimi rivojlantiriladi

O‘zbekiston delegatsiyasi professional ta’limda dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish uchun Germaniyada bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, safar davomida O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida Federal professional ta’limi instituti (BIBB), Germaniyaning professional ta’limi sohasida xalqaro hamkorlik byurosi (GOVET), Savdo-sanoat palatasi, yirik ish beruvchilar hamda yoshlarni kasbga o‘qitish markazlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilgani holda kelgusidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

Uchrashuvlar diqqat markazida Germaniyada dual ta’limni joriy etishning huquqiy asoslari, tamoyillari, dual ta’lim tizimi ishtirokchilarining majburiyatlari, o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, xususiy sektorni jalb qilish hamda yoshlarini dual ta’limga qiziqtirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Verdau kasbga o‘qitish markazi va Saksoniya iqtisodiy ta’lim markazi rahbari bilan uchrashgan. Muloqotlar chog‘ida Germaniya tajribasi bo‘yicha O‘zbekistonda dual ta’limni rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish, professional ta’lim dasturlarini transformatsiya qilish, yoshlarni kasbga yo‘naltirish va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish hamda bitiruvchilarni baholash va sertifikatlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olingan.

O‘zbekiston delegatsiya a’zolarining Germaniyaga safari doirasida mamlakatning Berlin shahrida joylashgan elchixonasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va o‘qish-tanishuv dasturi tashkilotchisi — Saksoniya iqtisodiy ta’lim markazi tomonidan sertifikatlarni o‘zbekistonliklarga topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Ma'lumot o'rnida, Dual taʼlim – taʼlim dasturining nazariy, oʻquv-amaliy qismi professional taʼlim muassasasida, malaka hamda kompetensiyalarni shakllantirish boʻyicha ishlab chiqarish bilan bogʻliq amaliy qism korxona (tashkilot)da tashkil etiladigan oʻqitish turi;

Dual taʼlim dasturi esa taʼlim muassasasi va korxona (tashkilot)da bitiruvchiga muayyan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyatni malakali bajarishga qaratilgan professional taʼlim tayyorgarligining asosiy mazmunini belgilovchi taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja, oʻquv dastur (modul)lari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjatlar toʻplamidir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40423 | Инструменты