O‘zbekistonda eng ko‘p shifoxona qaysi viloyatda joylashgan?

Milliy statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2024-yil yakunida mamlakat bo‘ylab jami 1 972 ta shifoxona faoliyat yuritgan. 2023-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 540 taga oshgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimidagi kengayish va infratuzilmani yaxshilash jarayonlarini aks ettiradi.

Hududlar kesimida eng ko‘p shifoxona Andijon viloyatida joylashgan bo'lib, jami 265 tani tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (245 ta) va Toshkent shahri (239 ta) qayd etilgan.

Shuningdek, Namangan (200 ta) va Samarqand (193 ta) viloyatlari ham tibbiyot muassasalari soni bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallagan.

Eng kam shifoxonalar esa Navoiy viloyatida (44 ta) va Sirdaryo viloyatida (48 ta) faoliyat yuritmoqda.

Hududlar kesimidagi shifoxonalar soni quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 62 ta

  • Andijon viloyati – 265 ta

  • Buxoro viloyati – 134 ta

  • Jizzax viloyati – 71 ta

  • Qashqadaryo viloyati – 136 ta

  • Navoiy viloyati – 44 ta

  • Namangan viloyati – 200 ta

  • Samarqand viloyati – 193 ta

  • Surxondaryo viloyati – 96 ta

  • Sirdaryo viloyati – 48 ta

  • Toshkent viloyati – 145 ta

  • Farg‘ona viloyati – 245 ta

  • Xorazm viloyati – 83 ta

  • Toshkent shahri – 239 ta

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110818 | Инструменты