Yangi shaharga viloyat hokimligi va boshqa davlat idoralarini koʻchirish koʻzda tutilgan. Prezident aeroport va temir yo‘l vokzalini yangi shahar bilan tutashtiradigan elektr jamoat transporti, kerak bo‘lsa, yerusti metro qatnovini yo‘lga qo‘yish kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Qarshi shahrini barpo qilish hamda Qarshi magistral kanali boʻyida turizm majmuasini tashkil etish loyihalari bilan tanishdi.
Yangi shahar uchun Samarqand – G‘uzor yoʻnalishidagi A-378 hamda Shahrisabzga olib boruvchi 4R-79 avtomobil yoʻllari oraligʻidagi 5200 gektar maydon tanlangan. Bu hudud past bonitetli, foydalanilmayotgan choʻl va yaylov yerlaridan iborat. Dastlabki bosh reja 500 ming aholiga moʻljallangan.
Davlat rahbari shaharni istiqbolda 1 million aholi yashaydigan, Qarshiga zamonaviy muqobil boʻladigan yirik markaz sifatida rejalashtirish zarurligini taʼkidladi.
Yangi shaharga viloyat hokimligi va boshqa davlat idoralarini koʻchirish koʻzda tutilgan. Bu yerda kongress-xoll, konsert zallari va mehmonxonalar barpo etilib, Samarqand va Buxorodagi kabi yirik xalqaro forumlarni qabul qila oladigan turizm markazi shakllantiriladi.
Transport tarmogʻi shaharning boshqa hududlar bilan qulay bogʻlanishini taʼminlashi kerak. Prezident aeroport va temir yo‘l vokzalini yangi shahar bilan tutashtiradigan elektr jamoat transporti, kerak bo‘lsa, yerusti metro qatnovini yo‘lga qo‘yish kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.
Taqdimotda Qarshi magistral kanali boʻyidagi turizm majmuasi loyihasi ham koʻrib chiqildi. Uning doirasida uch kilometrlik sayilgoh tashkil etish uchun 235 gektar yer ajratilgan. Loyiha toʻrt bosqichda amalga oshirilib, dastlab 30 gektarda hunarmandlar shaharchasi va turizm hududi barpo etiladi.
Majmuada mehmonxonalar, restoran va doʻkonlar, muzey, akvapark, bolalar oʻyin maydonchalari hamda qayiqlar suzishi uchun sunʼiy koʻl qurilishi rejalashtirilgan.
Prezidentimiz yangi shahar va turizm majmuasining bosh rejalarini nufuzli xorijiy loyihalash va arxitektura kompaniyalarini jalb qilgan holda puxta ishlab chiqish, bunda xavfsizlik, qulaylik, hamyonboplik va “aqlli” shahar tamoyillariga tayanishga topshiriq berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты