O‘zbekistonda 2027-yili birinchi islomiy bank xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilga borib O‘zbekistondagi uchta bankda islomiy moliya xizmatlari paydo bo‘ladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan yangilangan O‘zbekiston-2030 strategiyasi loyihasida keltirilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda islomiy moliyaning huquqiy asoslarini yaratish hamda kamida 3 ta tijorat bankida islomiy moliya xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Dastlab 2027-yilda mamlakatdagi bitta bankda islomiy mahsulotlar joriy etiladi, 2029−2030 yillarda esa ularning soni uchtaga yetkaziladi. Ushbu tashabbuslar tijorat banklari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Buning uchun Markaziy bank mas’ul etib belgilangan.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10802 | Инструменты