Huawei 1
O‘zbekiston TIV o‘rinbosari Fransiya TIV Bosh kotibi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 19-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Ann-Mari Deko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston-Fransiya hamkorligining dolzarb masalalari, jumladan, O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy aloqalar, energetika, transport, strategik mineral resurslar va qayta tiklanadigan energetika sohalaridagi investisiya loyihalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va turizm sohalarida gumanitar hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62203 | Инструменты