“O‘ztransgaz” kompaniyasi raisi Behzod Normatov O‘zbekiston gaz eksportidan butunlay voz kechishi mumkinligi haqida jurnalistlarga xabar berdi.
Ma’lum bo’lishicha, yaqin kelajakda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan gazning hammasi Oʻzbekistonda qolishi mumkin.Bunga kimyo zavodlari kengayyotgani tufayli ularni qo’llab-quvvatlash lozimligi sabab qilib ko’rsatilgan. Shuningdek, shu paytgacha eksport tizimi bo’lsa-da, iqtisodiy dinamika yaxshi emasligi ta’kidlangan. Behzod Normatov eksport to’xtatilishi 2025-2026 yillarda bo’lishi mumkinligini aytib o’tdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda. Narmatovning soʻzlariga koʻra, ushbu ulush Oʻzbekistonning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib, oydan oyga oʻzgarib turadi. Odatda, eksport qilinadigan gaz hajmi qishda kamayib yozda ko'payadi.
“O‘zbekiston hududida faoliyat yurituvchi ba'zi kompaniyalar oldida bizning ma’lum majburiyatlarimiz bor. Ya’ni, Xitoy va Rossiya kompaniyalari loyihalar iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning gazini eksport qilishni ta’minlaymiz. (eksport qilinayotgan gazning narxi O‘zbekiston ichki bozoridagi narxlardan bir necha baravar yuqori). Bularning barchasini ichki bozorga yo'naltirishimiz mumkin edi, lekin biz kelishuvlarga amal qilamiz”, — dedi “O‘ztransgaz” rahbari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41701 | Инструменты