Ota-onaning Rossiya migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani sababli ularning 6 yashar o‘g‘li va 12 yoshli qizi Novosibirsk shahridagi ikkita reabilitatsiya markaziga vaqtincha vasiylikka olingan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bolalar diplomatlar hamrohligida Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelindi va u yerda ota-onasiga topshirildi
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan o'zbekistonliklar vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Aniqlanishicha, ota-onaning Rossiya migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani sababli ularning 6 yashar o‘g‘li va 12 yoshli qizi Novosibirsk shahridagi ikkita reabilitatsiya markaziga vaqtincha vasiylikka olingan.
Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan tezkor va tizimli harakatlar amalga oshirilib, zarur hujjatlar — vatanga qaytish guvohnomalari qisqa muddatda rasmiylashtirildi. Shuningdek, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi hamda reabilitatsiya markazlari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bolalar diplomatlar hamrohligida Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelindi va u yerda ota-onasiga topshirildi. Ushbu oila 13-oktabr kuni “Novosibirsk – Farg‘ona” yo‘nalishi bo‘yicha vatanga qaytarildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101418 | Инструменты