Huawei 1
“Musulmonlar qalbini parchalayotgan qonli vaziyat” — senator Qutbiddin Burxonov Yaqin Sharqdagi vaziyatga munosabat bildirdi

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov o‘z Facebook sahifasida prezidentning xalqaro miqyosdagi tahdidlar va O‘zbekistonning kelajagi bo‘yicha aytgan fikrlari aks etgan video borasida munosabat bildirdi.

Senator Gʻazodagi voqelarga ham to‘xtalib, uni "musulmonlar qalbini parchalayotgan qonli vaziyat" deb aytgan.

"Men har kuni kechqurun orom olayotgan nevaralarimni ko‘rib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik uchun yaratganga benihoya shukur aytaman. Bu eng oliy ne’mat. Afsuski ba’zi kundalik tashvishlar bilan biz buni unutib qo‘yyapmiz, qadriga yetmayapmiz.

Aslida atrofimizda tahlikalar ko‘p, har soniyada farovon hayotimizni barbod qiladigan buzg‘unchi kuchlar tahdid solib turadi. Faqatgina yurt posbonlarining mehnati, mudofaa va xavfsizlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida biz buni hatto payqamaymiz ham", - deya ta’kidlagan senator.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga