Milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlarini qo'llab-quvvatlash uchun 1,45 mlrd so'mlik grant ajratildi

Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi mutasaddilari ma'lum qildi:

«Bugungi kunda Qo'mita mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 147 ta milliy madaniy markaz va 38 ta do'stlik jamiyati hamda xorijdagi vatandoshlarning 38 ta jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda.

O'zbekistonda yaratilgan qulay millatlararo muhit tufayli tojik, turk va qozoq millatiga mansub aholi vakillari tomonidan 2020 yilda 7 ta yangi milliy madaniy markaz va 2 ta do'stlik jamiyati tashkil etildi.

Qo'mitaning davlat ijtimoiy buyurtmasiga asosan 2020 yilda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlarini qo'llab-quvvatlash uchun 600 mln so'm mablag', shuningdek 1,45 mlrd so'mlik grant ajratildi».

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42420 | Инструменты