Huawei 1
Markaziy bankning asosiy stavkasi 15 foizga pasaysa ham nega tijorat banklarida foiz stavkasi hamon yuqoriligicha qolmoqda?

Mazkur savolga Markaziy bank javob berib o‘tdi.

Tijorat banklarining kredit resurslari bo'yicha foiz stavkalari ushbu resurslarning qiymati va kreditga bo'lgan talab darajasi bilan bog'liq. 

Bugungi kunda iqtisodiyotda uzoq muddatli resurslar bo'yicha tanqislik mavjud. Shu bilan birga, yillar davomida yig'ilib kelgan kredit chanqoqligi so'nggi ikki yilda yuzaga chiqdi. Bu o'z navbatida, foiz stavkalarining oshishiga olib keldi.

Ta'kidlash joizki, yaqinda bo'lib o'tgan Boshqaruv yig'ilishida kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini maqbul darajasigacha pasaytirish bo'yicha ham alohida makroprudensial mexanizm tasdiqlandi va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar bo'yicha maqbul stavka 21 foiz etib belgilandi.

Albatta, yangi mexanizmni amaliyotga joriy etilishi, inflyatsiya darajasi pasayib borishi va iqtisodiyotda uzoq muddatli pullar ko'payib borishi milliy valyutadagi resurslar narxlarining arzonlashishiga va kreditlash bozorida foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60213 | Инструменты