Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ishi sudda ko‘rilmoqda

Ohangaronda manzil koloniyasidan qochib, 3-sinfda taʼlim oladigan qizni zo‘rlagani aytilgan M.T.ga oid jinoyat ishi sudga chiqdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, jinoyat ishi JIB Ohangaron shahar sudida ko‘rib chiqilmoqda. 1994 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.T. voyaga yetmagan jabrlanuvchi, 9 yoshli S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud jarayoni yakuni bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berilishi bildirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122318 | Инструменты