Huawei 2
Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida 10-11-sinf o‘quvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Maktablarga pedagogika bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlarida tegishli hududdagi pedagogika oliy taʼlim muassasasalari yordam beradi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida o‘quv dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogik sinflari tashkil etilgan maktablar va biriktirilgan pedagogika oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik yordam ko‘rsatadi.

Hujjat bilan Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini taʼminlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

- pedagogik sinflarni tashkil etish tartibi;

- maktablar va pedagogika yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalari hamkorligi;

- pedagogik sinflar bitiruvchilariga tegishli kasb bo‘yicha ishlash huquqini berish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga