Maktablarda bitiruv imtihonlar qachon o'tkaziladi?
Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev bilan onlayn brifing bo'lib o'tmoqda.
Brifing UZREPORT TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
Savol: Bitiruv imtihonlari qachon o'tkaziladi, harbiy institutga topshirmoqchiman u yerga medosmotr va imtihon oldinroq topshiriladi endi nima bo'ladi yoki keyinga surilishi mumkinmi?
Javob: Amaldagi tartibga ko'ra, o'quv yili 25 mayda yakunlanadi. 26 maydan 15 iyunga qadar 9-11-sinflarda bitiruv imtihonlari o'tkaziladi.
Hozircha, bitiruv imtihonlari muddatini uzaytirish rejalashtirilmagan.
Xalq ta'limi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar (OTV, Mudofaa, DTM) bilan kelishgan holda bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirishlariga to'liq imkoniyat yaratilishiga barcha choralarni ko'radi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42719 | Инструменты
8-sinflarga ham imtihon bóladimi yóqmi? Iltimos anniq javobni aytinglarr...
Maktablarda imtxon qanday bo'ladi
Imtixon ortiqcha edi