O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga Uzbekistan Airways uchun belgilangan maxsus tariflar va subsidiya miqdorlari barcha rezident aviakompaniyalarga tatbiq etiladigan bo‘ldi.
7 may kuni bu haqda hukumat qarori imzolangan.
Aviareyslarni subsidiyalash 2021 yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, aviatashuvchilarga ijtimoiy ahamiyatga ega deb topilgan mahalliy yo‘nalishlarda aviachipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish belgilangan.
Subsidiyalash masalalarida vakolatga ega Maxsus komissiya tashkil etilgan.
Subsidiyalash 2026 yil 1 yanvargacha davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51319 | Инструменты