Huawei 1
Litvadan O‘zbekistonga ilk marta ekstraditsiya amalga oshirildi

Litva Respublikasidan Interpol kanallari orqali qidirilayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.

Interpol Toshkent MMB xodimlari kuzatuvida Litva Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlikni sodir etganlikda ayblanayotgan fuqaro ekstraditsiya qilindi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xalqaro qidiruvga berilganligi eʼlon qilindi.

Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning Litva hududida ekanligi aniqlandi. U o‘sha yerda qo‘lga olinib, ekstraditsiya tekshiruvi uchun qamoqqa olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining iltimosnomasini qanoatlantirgandan so‘ng, Litva tomoni jinoyatchini ekstraditsiya qilish va uni sodir etgan jinoyati uchun jazo tayinlash maqsadida topshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda bo‘lgan shaxs Interpol Milliy Markaziy Byurosining O‘zbekiston Respublikasidagi vakillari tomonidan respublika huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga topshirildi. 

Bu Interpol Toshkent va Vilnyus Milliy markaziy byurolari o‘rtasida ekstraditsiya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning ilk tajribasidir, deb qo‘shimcha qildi vazirlik.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxs Polshadan O'zbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70918 | Инструменты