Huawei 1
Kundalik ta'lim platformasi o'qituvchilar uchun mutlaqo bepul taqdim etiladi

Kundalik raqamli ta'lim platformasi Kundalik kompaniyasi tomonidan Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda O'zbekistondagi maktablarga joriy etilayotgani haqida avval xabar bergandik. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu platformadan foydalanish uchun joylarda o'qituvchilardan pul talab qilinayotganlik holatlari yuzasidan murojjatlar bo'ldi.

Ushbu murojaatlarga javoban Kundalik raqamli ta'lim platformasi o'qituvchilar uchun mutlaqo bepul taqdim etilishini ma'lum qilamiz.

Elektron kundalikka obuna bo'lish faqat ota-onalar va o'quvchilar uchun yiliga 10 ming so'mni tashkil etadi. Ushbu miqdor uchun o'quvchi, ota-onalar va bolaning maktab hayotini kuzatishni istagan boshqa qarindoshlar elektron kundalikka kirish huquqiga ega bo'ladi.

Hurmatli o'qituvchilar! Agar sizlardan elektron Kundalik uchun pul talab qilish holatlari yuzaga kelsa anonim ravishda Kundalikni qo'llab-quvvatlash xizmatiga +998 (78) 888-82-82 yoki Xalq ta'limi vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51009 | Инструменты