Huawei 1
Klasterlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari ishlab chiqiladi

Bugungi kunda chetdan yuqori hosildor urug‘lik chigit keltirib, 100 ming gektarga ekish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Prezident raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi.

Ayni kunlarda Xorazm 8 ming gektarga chigitni to‘liq ekib bo‘ldi. Andijon ekishni yaqinda tugatadi. Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ekish ishlari 10 foiz, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘onada 30 foiz, Buxoro, Jizzax va Sirdaryoda 60 foizga ham bormasligi qayd etildi.

Mutasaddilarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Barcha klasterlar faoliyati tahlil qilinib, ulardagi xomashyo va aylanma mablag‘ bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

Chuqur qayta ishlashni joriy qilgani uchun aksariyat klasterlar yaxshi ishlayapti, ularning faoliyatida kreditni qaytarish, ishlab chiqarishning pasayishi bilan bog‘liq muammolar yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ayrim klasterlarga esa biroz ko‘mak berilsa, unumdorlik va eksport yanada oshadi. Mutasaddilarga klasterlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga