Karantinga moslashib: Apple himoya niqobli emodzilar yaratadi
Butun dunyoda kuzatilayotgan pandemiya Apple kompaniyasiga ham ta'sir ko'rsatmay qolmadi. Kompaniya vakillarining aytishicha, iOS 14 operatsion tizimi uchun bir qancha emodzilar himoya niqobi bilan ta'minlanadi.
Memoji’lar bo'limida ham 20 ta yangi bosh kiyim va soch turmakli smayliklar paydo bo'ladi.
Apple shuningdek, iMessage’da yuborish mumkin bo'lgan uchta – musht bilan urish, virtual quchoqlash va xijolat tortishni ifodalovchi yangi stikerlarni ham qo'shdi.
Ma'lumot o'rnida
iPhone’dagi ilk Memoji funksiyasi 2018-yilning sentyabrida iOS 12 tizimi uchun joriy qilingan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40422 | Инструменты