Kamoliddin O'rinboyev O'zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori lavozimiga tayinlandi

O'zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori lavozimiga O'rinbayev Kamoliddin Turdimuratovich  nomzodi tasdiqlandi. Bu haqida Madaniyat vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

U 1985 yilda tug'ilgan, 2007 yilda O'zbekiston Davlat konservatoriyasini, 2009 yilda mazkur konservatoriyaning magistraturasini, 2014 yilda P.I.Chaykovskiy  nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi orkestr sozandasi (g'ijjak), Opera simfonik orkestri dirijyori, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist unvoni bilan mukofotlangan.

Shu kunga qadar Yoshlar simfonik orkestri dirijyori lavozimida ishlagan.

O'rganish natijalari va bildirilgan fikrlarga ko'ra K.O'rinbayev  o'zbek va jahon klassik musiqa durdonalarini yaxshi biladigan, simfonik orkestrlar faoliyatini samarali tashkil eta oladigan, bu yo'nalishda dunyoning ko'plab mamlakatlaridagi hamkasblari bilan doimiy aloqa o'rnatgan malakali mutaxassis hisoblanadi.

Faoliyati mobaynida Italiya, Fransiya, va Rossiya kabi davlatlarda o'z sohasi bo'yicha tajriba orttirgan.

Ayni paytda “O'zbek milliy musiqa san'atini rivojlantirishda Farobiy asarlarining o'rni” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yakunlash arafasida.

Kamoliddin O'rinboyevning ushbu vazifani sidqidildan ado etishida katta ishonch bildirildi. Kreativ yondoshuvi orqali Konservatoriyada san'at sohasani yanada rivojlantirib va uni dunyoga olib chiqishdek mas'uliyatli vazifa zimmaiga yuklatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41017 | Инструменты