Huawei 1
Joriy yil 1-chorak yakuni holatiga respublika bo‘yicha debitor qarzdorlik jami 979,9 mlrd so‘mni tashkil etdi

Joriy yil 1-chorak yakuni holatiga respublika bo‘yicha debitor qarzdorlik jami 979,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi.

Joriy yilda Investitsiya dasturi doirasida jami 308,2 mln dollar miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirilishi hisobiga 20 ta loyihani amalga oshirish belgilangan bo‘lib, 1-chorak yakuni bo‘yicha 49,8 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib belgilangan reja 102,2 foizga bajarilishi taʼminlandi.

Shuningdek, Investitsiya dasturi doirasida 76 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun ajratilgan 909 mlrd so‘m mablag‘dan I-chorak yakuni holatiga 213,1 mlrd so‘m o‘zlashtirilib, 170,5 km ichimlik va 23 km oqova suv tarmoqlari hamda 14 ta ichimlik va 2 ta oqova suv inshootlarida qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

2024 yil yakuniga qadar davlat byudjetidan ajratilgan 1 trln 40 mlrd so‘m mablag‘lar hisobiga 141 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Joriy yil 1-chorak yakuni bo‘yicha 230,2 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga 192,9 km ichimlik va 45,2 km oqova suv tarmoqlari hamda 14 ta ichimlik va 4 ta oqova suv inshootlarida qurilish-montaj ishlari bajarildi.

“O‘zsuvtaʼminot” AJ va uning hududiy suv taʼminoti korxonalari tomonidan 106 ta bino va inshootlarga jami 714,5 kVt li quyosh panellari o‘rnatilib, 2024 yil I-chorak yakuniga ko‘ra 351 mln so‘mlik elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga