Huawei 1
Jizzaxda sifatsiz yog‘ mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.” MCHJ masʼul shaxslari “Toqchilik” MFY hududida joylashgan noturar binoda yashirin sex tashkil etib, ushbu sexda isteʼmolchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganliklari aniqlanib, 40,6 tonna chigit, 1 030 litr qo‘lbola yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga