2025 yil 9 oktyabr kuni Forish tumanidagi 1, 3, 5 va 7-sonli davlat bog‘chalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari isitma ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, ich ketish va holsizlik kabi shikoyatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishgan.
Epidemiologik surishtiruv davomida bolalar 2025 yil 8 oktyabr kuni bog‘chada biokefir, pishloq va sariyog‘ kabi mahsulotlari isteʼmol qilishgani aniqlanib, ularga anamnez va birinchi tekshiruvlar asosida «o‘tkir diareya» tashxisi qo‘yilib, statsionar ravishda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111218 | Инструменты