Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqaruvi takomillashtiriladi

“Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqaruvini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–34-son, 30.01.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasining umumiy shtat birliklari doirasida quyidagi lavozimlar kiritiladi:

- hokimning tog‘li hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

- hokimning dasht va cho‘l hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2026 yildan yangi kiritilayotgan viloyat hokimi o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholashda natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Bunda:

- ularga KPI ko‘rsatkichlarini belgilashda tegishli hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha strategik ko‘rsatkichlar va maqsadli indikatorlar ko‘zda tutiladi;

- KPI ko‘rsatkichlari tasniflanadi (strategik, hudud va tuman), ularning o‘zaro mutanosibligi taʼminlangan holda ishlab chiqiladi;

- ularning KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida belgilangan maqsadlarga erishganlik darajasi va natijadorligi bilan baholanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20312 | Инструменты