Jidda – Toshkent 9S-3306 reysi parvoz vaqtida bortda shoshilinch tibbiy holat qayd etilgani tufayli Bahrayn aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Ma’lum qilinishicha, parvoz davomida yoshi katta ayol yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan. Ekipaj — havo kemasi komandiri Degtev Roman Olegovich va ikkinchi uchuvchi Smirnov Yegor Denisovich tezkor qaror qabul qilib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yaqin aeroportga qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyotga shifokorlar brigadasi chaqirilgan.
Qo‘nishga qadar bortkuzatuvchilar ekipaji brigadir Svetlana Bolkonskaya rahbarligida yo‘lovchiga zarur yordam ko‘rsatgan. Keyinchalik yerda mahalliy shifokorlar reanimatsion tadbirlarni o‘tkazib, yo‘lovchining ahvolini barqarorlashtirishga erishgan. Shundan so‘ng u davolanish uchun mahalliy klinikaga olib ketilgan.
Reys yonilg‘i quyib olgandan keyin parvozni Toshkentga taxminan 2 soat kechikish bilan davom ettirgan va mahalliy vaqt bilan soat 09:49 da omon-eson qo‘ngan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121519 | Инструменты