Huawei 1
Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish boshlandi

Bugun, 2 oktyabrdan O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun ariza topshirish jarayoni qaytadan ochildi.

Ariza berish usullari:
- davlat xizmatlari markazlariga borish orqali;
Onlayn: my.gov.uz orqali.

Ball to‘plash mezonlari

- Hududlar (Qoraqalpog‘iston va viloyatlar):
3 431 700 so‘mdan 8 897 000 so‘mgacha maosh – 10 ball;
8 897 000 – 10 168 000 so‘mgacha maosh – 5 ball.

- Toshkent shahri:
3 431 700 – 10 168 000 so‘mgacha maosh – 10 ball;

- Qo‘shimcha mezonlar:

Turar-joyi yo‘q bo‘lsa – 20 ball;
“Labor-migratsiya” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa – 10 ball.

Chekka hududlarda ishlaydigan mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, 30 yoshgacha yoshlar, og‘ir ahvoldagi ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar – 5 balldan

Balllar asosida eng ko‘p ustuvorlikka ega oilalar subsidiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100217 | Инструменты