Prezidentning 2025 yil 21 fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-26-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (ro‘yxat raqami 3648-son, 2025 yil 14 iyul).
Hujjatning asosiy maqsadi maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va kuzatib borish tartibini belgilashdan iborat.
Nizom ariza beruvchilarga qo‘yiladigan talablarni, arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish tartib-taomillarini, ishtirokchilar reyestrini yuritishni, ishtirokchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilish jarayonlarini, shu jumladan hisobotlarni va ularni Qumdondan chiqarib yuborish mexanizmini tartibga soladi.
Nizom ipoteka obligatsiyalarini chiqarish bo‘yicha tajriba loyihalarini sinovdan o‘tkazishni boshlash uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan ilk qabul qilingan hujjatdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71600 | Инструменты