Huawei 1
Ilk rivojlanish markazlari tashkil etiladi

Hukumat qarori (439-son, 14.07.2025 y.) bilan “Ilk rivojlanish markazlari to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Markazlar 3–6 yoshli bolalarni, xususan, kambag'allik darajasi yuqori va alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan oilalar farzandlarini qamrab olgan holda tashkil etiladi.

Markazlar quyidagi 2 ta model asosida faoliyat ko'rsatadi:

- maxsus maktabgacha ta'lim xizmati modeli – pedagoglar tomonidan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan oilalarning 2–7 yoshli farzandlari uchun yashash xonadoniga borgan holda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;

- o'yin guruhi modeli – 3–6 yoshli bolalar uchun Markazlarda tashkil etilgan qisqa muddatli (3,5–4 soat) guruh.

Markazlar tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi huzurida tashkil etiladi.

Markazlarga qabul qilingan barcha tarbiyalanuvchilardan ota-ona to'lovi undirilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71603 | Инструменты