Ilk marotaba 18 nafar yoshlar «Xalq ta'limi a'lochisi» bo'lishdi
30 iyun – O'zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan xalq ta'limi tizimida samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik ko'rsatayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni rag'batlantirish maqsadida ilk marotaba 18 nafar yoshlarga «Xalq ta'limi a'lochisi» ko'krak nishoni topshirildi.
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov mukofotlanganlarni qutlar ekan, sohada ular kabi yoshlar faoliyat yuritayotganidan faxrlanishini, bu nishon ularning kelgusi faoliyatlarida yanada faollik ko'rsatishlariga undashini va ularning bunga munosibliklarini qayd etib o'tdi.
Hududlardan taqdirlangan yoshlarga «Xalq ta'limi a'lochisi» ko'krak nishonlari karantin qoidalariga rioya qilingan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42620 | Инструменты