Huawei 1
Ikkilamchi bozorda yonilg'ida harakatlanuvchi avtomobillar narxi ko'tarila boshlagan bo'lsa, elektromobillar narxi pasaymoqda

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning iyun oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining o'zgarishi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi. Joriy yilning iyun oyiga kelib, mahalliy ommabop avtomobillarning o'rtacha narxida may oyidagiga nisbatan biroz ko'tarilish kuzatildi. Xususan:

- "Onix": o'rtacha foydalanilgani $120 ga ($13 480 dan $13 600 ga);
- "Lacetti": kam foydalanilgani $200 ga ($14 600 dan $14 800 ga), ko'p foydalanilgani $100 ga ($12 900 dan $13 000 ga);
-"Cobalt": kam foydalanilgani $150 ga ($12 550 dan $12 700 ga), o'rtacha foydalanilgani $125 ga ($12 000 dan $12 125 ga), ko'p foydalanilgani $100 ga ($11 500 dan $11 600 ga);
- “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgani $300 ga ($10 900 dan $11 200 ga); ko'p foydalanilgani $115 ga ($10 000 dan $10 115 ga);
- "Spark": ko'p foydalanilgani $200 ga ($8 800  dan $9 000 ga), o‘rtacha foydalanilgani $194 ga ($10 000 dan $10 194 ga);
- "Damas": kam foydalanilgani $50 ga ($8 000 dan $8 050 ga) qimmatlashgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. Mahalliy lyuks avtomobillar orasida o'rtacha va kam foydalanilgan "Equinox" hamda o'rtacha foydalanilgan "Malibu" narxlari arzonlashgan bo'lsa, kam foydalanilgan "Equinox" va barcha turdagi "Tracker"larning narxi qimmatlashdi. Xususan:

- "Equinox"ning ko'p foydalanilgani $200 ga ($26 200 dan $26 000 ga), o'rtacha foydalanilgani $50 ga ($30 500 dan $30 450 ga);
- "Malibu"ning o'rtacha foydalanilgani $500 ga ($28 500 dan $28 000 ga) arzonlashgan.
-"Equinox"ning kam foydalanilgani $1300 ga ($33 500 dan $34 800 ga);
- "Tracker"ning o'rtacha foydalanilgani $300 ga ($17 000 dan $17 300 ga), ko'p foydalanilgani $200 ga ($16 000 dan $16 200 ga), kam foydalanilgani $75 ga ($18 425 dan $18 500 ga) qimmatlashgan.

Elektromobillar narxi. Mazkur davrda BYD "E2" dan boshqa elektomobillar narxi pasaydi. Xususan:

- BYD "Han": o'rtacha foydalanilgani $1600 ga ($34 100 dan $32 500 ga);
- BYD "Song Plus EV Champion": o'rtacha foydalanilgani $363 ga ($26 163 dan $25 800 ga), yangisi $300 ga ($28 800 dan $28 500 ga);
- BYD "Song Plus EV Champion": yangisi $675 ga ($28 000 dan $27 325 ga), o'rtacha foydalanilgani $500 ga ($26 000 dan $25 500 ga);
- BYD "Yuan Up": o'rtacha foydalanilgani $150 ga ($20 150 dan $20 000 ga) arzonlashgan. BYD "E2"ning o'rtacha foydalanilgani $400 ga ($15 600 dan $16 000 ga), yangisi $50 ga ($16 950 dan $17 000 ga) qimmatlashgan.

Xorijiy avtomobillar narxi. Joriy yilning iyun oyida xorijiy avtomobillardan Kia "K5" va Chevrolet "Monza" qimmatlashgan bo'lsa, Kia "Seltos"ning o'rtacha foydalanilgani arzonlashdi. Xususan:

- Kia "K5": ko'p foydalanilgani $777 ga ($29 223 dan $30 000 ga);
- Chevrolet "Monza": o'rtacha foydalanilgani $73 ga ($16 600 dan $16 673 ga) qimmatlashdi.
- Kia "Seltos"ning o'rtacha foydalanilgani esa $677 ga ($24 383 dan $23 705 ga) arzonlashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70919 | Инструменты