Huawei 2
Humo arenada bo'lib o'tgan "Macan" konsertiga fuqarolar foydalanilgan biletlar bilan kirishga urindi

Poytaxtdagi “Humo arena” saroyida xonanda “Macan”ning bo‘lib o‘tgan konsert dasturiga kirishdagi chiptalar tekshiruvi jarayoni “Iticket” xodimlari tomonidan maxsus skaner qurilmasining “QR-kod”i orqali tekshirilib kiritilgan

Ammo baʼzi bir fuqarolar qurilmani aldashga uringan va avval saroyga kirib bo‘lgan tanishlarining chiptalari bilan takroran kirishga urinishgan. O‘z-o‘zidan maʼlumki, bunday chiptalarga ega bo‘lgan fuqarolar nazorat o‘tish joyidan ichkariga qo‘yilmagan.

Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari tomonidan ushbu fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va jamoat tartibi saqlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga