Huawei 1
AQShda ukrainalik xaker Vasinskiy 13 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Texasning Shimoliy okrug sudi ukrainalik xaker Yaroslav Vasinskiyni kiberjinoyatlar va 700 million dollarlik tovlamachilikda ayblab, 16 million dollar jarimaga tortdi. 

AQSh Adliya vazirligi veb-saytida e'lon qilingan ish materiallariga ko'ra, 24 yoshli Yaroslav Vasinskiy "Revil" kiberjinoyatchilar guruhining a'zosi bo'lgan va to'lov dasturidan foydalangan holda 2,5 mingdan ortiq hujumlarda ishtirok etgan. Ular sheriklari bilan birgalikda butun dunyo bo'ylab minglab kompyuterlarni buzib, qurbonlarning shaxsiy ma'lumotlarini oshkor qilmaslik uchun to'lov talab qilishgan. 

2022-yilning yanvar oyida Rossiya FSBsi Qo'shma Shtatlar talabiga binoan "Revil" guruhi a'zolari hibsga olinganini e'lon qildi. Moskva, Sankt-Peterburg, Moskva, Leningrad va Lipetsk viloyatlarida jami 14 kishi qo‘lga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga