Huawei 2
O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim joriy etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi

Nizolarni adolatli hal etish maqsadida Toshkent xalqaro arbitraj markazi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Uning tarkibida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan 90 dan ortiq nufuzli hakamlar o‘rin olgan.

Investorlar uchun yana bir muhim ko‘rsatkich. Oxirgi yetti yilda oliy taʼlim qamrovi 9 foizdan 42 foizga oshdi, oliy o‘quv yurtlari soni 200 tadan ortdi.

O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim joriy etildi.

“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirishni, investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yana-da takomillashtirishni, halol raqobat uchun yana-da keng shart-sharoitlar yaratishni, xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligi taʼminlanishini o‘z zimmasiga olmoqda.

Bu tamoyillar o‘tgan yili umumxalq referendumida qabul qilingan yangi Konstitutsiyamizda qatʼiy muhrlab qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga